“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyati mobaynidagi eng qiyin raqib nomini aytdi.

Foto: Getty Images

“Faoliyatim mobaynida men duch kelgan eng qiyin raqib — bu “Liverpul”, hozirgi va o‘tgan yildagisi.

Seni jamoang to‘pni nazorat qilib turgan vaqtda ular bo‘sh hudud topa oladi va bu boshqa jamoalardan ajralib turadi. Ular juda tez ortga qaytadi, strategiya tomondan juda kuchli. Bu jamoa o‘yinchilari juda katta kuchga ega.

Klopp — meni hammadan ko‘proq o‘ylantiradigan raqib.

Har doim “Real”ni eng qiyin raqib deb ataganman. Joze Mourinyo, Pellegrini va ularning boshqa murabbiylariga qarshi o‘ynash mening kuchli murabbiy bo‘lib yetishishimga yordam bergan.

Agar hozirda eng qiyin raqib haqida so‘rasangiz, u holda “Liverpul”ni aytaman. Angliyadagi ilk yillarimda “Liverpul” hozirgidan kuchsizroq, “Real” esa kuchliroq edi.

Endi hozirgi “Liverpul” — murabbiylik faoliyatimda duch kelgan eng qiyin raqib”, — deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Premyer Liga 2019/20-yilgi mavsumida “Liverpul” 99 ochko to‘plab chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Manchester Siti” 81 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!