Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi javob o‘yinidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: AS

Foto: AS

“Qanday qilib “Manchester Siti”dan o‘ta olamizmi yoki yo‘q deb o‘ylamasligim mumkin? Keyingi bosqichga o‘tish uchun so‘nggi soniyalargacha kurashamiz. Jamoamiz biroz dam olishi kerak, chunki mavsumning so‘nggi qismi qiyin kechdi. Ta’til haqida emas, balki hordiq chiqarish haqida gapiryapman. Biroz dam olishimiz kerak”, — deydi Zidan.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” — “Real” uchrashuvi Manchesterdagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 7-avgust kuni, Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. Jamoalarning birinchi uchrashuvida “shaharliklar” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

19-iyul kuni Ispaniyada 2019/2020-yilgi mavsum o‘z nihoyasiga yetdi. Mavsum natijalariga ko‘ra “Real” “Barselona”ni 5 ochkoga ortda qoldirib, 2016/17-yilgi mavsumdan keyin ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)