“Milan” va “Roma” sobiq hujumchisi, hozirda “Shanxay Shenxua”da to‘p surayotgan Stefan al-Shaaravi o‘z klubi tomonidan bir nechta o‘yinlarga chetlatildi. Bu haqda The Paper in Shanghai xabar berdi.
Gap shundaki, al-Shaaravi Xitoy chempionatining birinchi turidan o‘rin olgan “Guanchjou Evergrand”ga qarshi o‘yinda o‘zining erta almashtirilganidan norozi bo‘lganini ochiqchasiga namoyish etgan. Italiyalik futbolchi uchrashuvning 55-daqiqasida almashtirilgach, zaxira o‘rindig‘iga o‘tirmasdan, birdaniga kiyinish xonasiga kirib ketgan.
Ma’lumot uchun, Xitoy klubi al-Shaaravini “Roma”dan 2019-yilning yozida 18 million yevro evaziga sotib olgan. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha mo‘ljallangan. U klub safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)