• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Futbolning buyuk masoni — Miroslav Kloze haqida

    XVIII asr boshlarida Yevropada yashirin jamiyat vujudga keladi. Bu jamiyat masonlar harakati deb nom oladi. Mason atamasi eski fransuz tilidan so‘zma-so‘z tarjima qilinganda ozod tosh teruvchi degan ma’noni anglatar ekan. Aynan ushbu jamiyat to‘g‘risida insonlar orasida bir necha yuz yillardan buyon turli xil afsona va mish-mishlar yuradi. Bunga yaqqol misol qilib, butun sayyorani uyda o‘tirishga majbur qilgan va ko‘plab insonlarni hayotdan olib ketgan СOVID-19 koronavirusini keltirish mumkin. Lekin ularning (masonlar) chindan ham borligiga va virus ham aynan ular tomonidan “yaratilganiga” hech kimda hech qanday dalil-isbot yo‘q.

    Germaniya terma jamoasi sobiq a’zosi Miroslav Klozening masonlar bilan qanday aloqasi bor deysizmi? Yo‘q, topa olmadingiz, uning masonlardan ekani haqida ma’lumot u yoqda tursin mish-mish ham tarqalmagan. Uni ushbu jamiyat bilan “bog‘laydigan” yagona narsa bu — uning o‘zi kabi oddiy bo‘lmagan hayotidir.

    Muvaffaqiyatsizlikka uchragan “ozod tosh teruvchi” (mason)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Otasi — futbolchi, onasi — gandbol o‘yinchisi. Oiladagi yagona farzand ulg‘aygach kim ham bo‘lardi? Afsuski, yana topa olmadingiz: quruvchi! Asli polshalik bo‘lgan muhojir oila g‘aribgina kun kechirgani bois yolg‘iz farzandining professional tarzda futbol bilan shug‘ullanishni qat’iyan man etadi. Va uni duradgorlik, so‘ngra esa tosh teruvchilik kurslariga beradi. Miroslav faqat bo‘sh vaqtlaridagina to‘p tepardi, xolos. Bo‘lajak Jahon chempionida 20 yoshgacha tuzukroq shug‘ullanish imkoniyati ham bo‘lmaydi. Bu vaqtga kelib, u havaskorlar jamoasi bo‘lgan “Homburg” klubida to‘p surardi va allaqachon professional klublar nazariga tushish bo‘lgandi.

    Kayzerslauternlik sehrgar

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Men 40 yildan beri ushbu sohadaman, biroq bunga o‘xshash voqeani eslay olmayman. Bu juda ajoyib!”, — degandi “Kayzerslautern” prezidenti Klozening klubga kelib qolishi haqida.

    22 yoshida yuqori divizionda harakat qiladigan klubning asosiy tarkibiga kirgan Kloze birinchi mavsumining o‘zidayoq 11 ta gol urib, jamoaning asosiy hujumchisiga aylandi va hatto, klubni Bundesliga g‘olibi qilishiga bir baxya qoladi.

    Germaniya terma jamoasi qiroli

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    “Kayzerslautern”ga kelganidan uch yil o‘tgach, Kloze uchun birdaniga ikkita milliy jamoa kurash olib boradi: Polsha va Germaniya. Miroslav esa nemislar taklifini qabul qildi va Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan debyut uchrashuvida het-trik qayd etadi. Shundan keyin Kloze nomi tom ma’noda terma jamoa bilan birgalikda o‘sib boraverdi. U futbol tarixida ketma-ket to‘rtta Jahon Chempionatida sovrindor bo‘lgan va ketma-ket to‘rtta Jahon chempionatida ikkitadan kam gol urmagan yagona futbolchi hisoblanadi. Bu degani, futbolchi kamida 16 yil davomida yuqori darajada o‘ynashi kerak. Germaniya terma jamoasida esa futbolchilar taqchilligi kuzatilgan davr bo‘lmagan. Bundan tashqari, Kloze 36 yoshida terma jamoada Gerd Myullerning “abadiy” rekordini yangilaydi: 62 ta o‘yinda 68 ta gol. Sobiq tosh teruvchining hisobida esa 71 ta gol bor.

    Futbolning oliy janob ritsari

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Germaniyadagi faoliyati davomida Miroslav ikki bor hakamlardan unga ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltini bekor qilishni so‘raydi. Birinchi marta “Kayzerslautern”da, ikkinchisida esa “Verder” safida. “Latsio”ga o‘tganidan so‘ng “Napoli”ga qarshi o‘yinda Miroslav italiyalik futbol muxlislarni hayratda qoldiradi: u “Napoli” darvozasiga to‘p kiritadi, hamma uning golni nishonlashini kutayotganida bir vaqtda u maydon markaziga kelib, to‘p qo‘liga tegganini aytib, hakamdan golni bekor qilishni so‘raydi. Gol bekor qilindi, rimliklar 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ladi, ammo butun stadion o‘rnidan turib futbol ritsarini olqishlaydi.

    Avliyo

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Futbol muxlislari Jahon Chempionati finallaridagi eng “kech” urilgan gol Mario Gyotsega tegishli ekanini yaxshi biladi. 2014-yilgi Braziliya yashil maydonlarida o‘tgan mundialning final uchrashuvida g‘ayrioddiy hodisa (tasodif) yuz beradi. Tanaffus vaqtida Kloze Gyotsening yoniga kelib, o‘ziga xos psixoterapiya seansini o‘tkazadi va unga shunday deydi: “Hozir sen mening o‘rnimga tushasan va gol urasan”. Uchrashuvning 88-daqiqasiga kelib, Kloze o‘z o‘rnini aynan Gyotsega bo‘shatib beradi. Keyin nima bo‘lganini esa yaxshi bilasiz...

    Shundan keyin ham qanday qilib mo‘jizalarga ishonmaslik mumkin?!

    “Yandeks Dzen” materiali asosida Bilol ERKIN tayyorladi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    31.07.2020, 13:00   Izoh (0)   21215
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Siti” 43 million yevroga niderlandiyalik himoyachini sotib oladi

    31.07.2020, 12:01

    Yevropaning eng kuchli klublari reytingi e’lon qilindi. “Bavariya” yetakchi, “Real” top-3 da ham yo‘q

    31.07.2020, 11:31

    “Manchester Siti” Yevrokuboklardan chetlatilish masalasidagi apellyatsiya sudida yolg‘on dalillar keltirganlikda ayblanmoqda

    31.07.2020, 11:00

    “Barselona” — “Napoli” uchrashuvi ”Kamp Nou”da bo‘lmaydimi? UEFA bayonot berdi

    31.07.2020, 10:32

    Andrea Pirlo “Yuventus”ning yoshlar jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

    31.07.2020, 10:00

    “Inter” Lionel Messiga 260 mln yevrolik shartnoma taklif qilmoqchi

    30.07.2020, 23:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Umrboqiy muhabbat: hissiyotlar falokatdan kuchli ekanini isbotlovchi 5 ta film

    Layfstayl | 18 iyul, 20:15

    Ko‘kdaladagi zapravka portlashida halok bo‘lgan va yaralanganlarga tovon puli to‘lanadi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 20:07

    Hisobot uchun fuqaroning ruxsatisiz ishga joylashtirib qo‘yish davom etmoqda. Xo‘sh, bunday holatda nima qilish kerak? Mutaxassis tushuntirish berdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 19:55

    Kim Chen In ochilganiga uch hafta ham bo‘lmagan turistik kurortni xorijliklar uchun yopdi

    Dunyo | 18 iyul, 19:40

    “Elektr toki uzilishidan ko‘rilgan zararni qoplash mexanizmi joriy etilishi zarur” — tadbirkor

    O‘zbekiston | 18 iyul, 19:25

    Hatto yulduzlar ham ashaddiy muxlis bo‘ladi: sevimli san’atkorlari bilan uchrashganda o‘zini yo‘qotib qo‘ygan mashhurlar

    Kino | 18 iyul, 19:17

    O‘zbekistonda o‘n mingdan ortiq xodimning 130 mlrd so‘mga yaqin maoshi undirib berildi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.