“Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi Marko Roys noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, germaniyalik futbolchi jarohatidan endi-endi tiklayotgandi va ma’lum darajada o‘sishga ham erishgandi, biroq u mashg‘ulotlarda yana mushaklarini shikastlab olgan.
“Afsuski, unda shikastlanish bor. U jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkaza olmaydi.
Uning qachon safga qaytishini oldindan aytish mushkul. Muammo uning bog‘lovchi mushaklarida”, — deydi klub sport direktori Mixael Sork.
Roys jarohati sabab 2020-yil fevral oyidan beri maydonga tushgani yo‘q. Iyun oyining boshlarida esa u jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlagandi.
31 yoshli futbolchi Germaniya Bundesligasining 2019/20-yilgi mavsumida 19 ta o‘yinida maydonga tushib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)