Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 924 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 816 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1740 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

  • Atirau viloyati — 9866 (+156);
  • Olmaota shahri — 10 318 (+220);
  • Nur-Sulton shahri — 9494 (+251);
  • Qarag‘anda viloyati — 7681 (+140);
  • Chimkent shahri — 7831 (+150);
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 5111 (+91);
  • Olmaota viloyati — 3933 (+53);
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 5129 (+215);
  • Turkiston viloyati — 2571 (+19);
  • Jambil viloyati — 3183 (+61);
  • Aqto‘be viloyati — 2910 (+36);
  • Mang‘istov viloyati — 2583 (+64);
  • Pavlodar viloyati — 2753 (+109);
  • Qizilo‘rda viloyati — 2706 (+80);
  • Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 2625 (+85);
  • Aqmo‘la viloyati — 2261 (+51);
  • Kostanay viloyati — 2237 (+60).
Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 80 226 kishiga yetgan. Hozirga qadar 51 260 kishi sog‘aygan. Tengrinews’ning yozishicha, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 610 kishiga yetgan, biroq rasmiy statistikada vafot etganlar soni hamon 585 kishini tashkil etmoqda.Qirg‘izistonda 25-iyul holatiga ko‘ra, koronavirus va shifoxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya bilan kasallanish bo‘yicha yana 877 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Kaktus.media.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 257 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

  • Chuy viloyati — 71;
  • O‘sh shahri — 60;
  • O‘sh viloyati — 119;
  • Issiqko‘l viloyati — 122;
  • Jalolobod viloyati — 91;
  • Norin viloyati — 20;
  • Talas viloyati — 79;
  • Botken viloyati — 58.
Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 va kasalxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniyaga chalinganlarning umumiy soni 32 124 kishiga yetgan. Koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlarga oid statistika umumiylashtirilgach, ularning soni ortib ketgan.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tgan bir sutka ichida 38 kishida koronavirus va pnevmoniyadan vafot etgan qayd qilingan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon vafot etganlar soni 1249 kishiga yetdi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 108 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 36 036 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 24 793 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1246 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7104 kishiga yetdi. O‘tgan sutka davomida yana 44 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 58 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 58 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5851 bemor sog‘aygan.

O‘zbekistonda 25-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 653 nafarga yetdi. Ayni paytda O‘zbekistonda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (54 foiz) sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan statistika bo‘yicha mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 107 kishi vafot etgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha esa koronavirusdan vafot etganlar soni 113 nafarni tashkil etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi