“Latsio” Italiya chempionatining 35-turida “Kalyari”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Rim klubi A Seriya yakunlanishiga 3 tur qolganida musobaqa jadvalida 72 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi va 5-pog‘onada borayotgan “Roma”dan 11 ochkoga oldinda bormoqda. Bu shuni anglatadiki, “Latsio” oldindagi 3 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham, Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘llanma beradigan 4-o‘rindan pastga tushib ketmaydi.
Shu tariqa “Latsio” 2007/08-yilgi mavsumdan keyin ilk bor Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘l oladigan bo‘ldi.
“Latsio” 2007/08-yilgi mavsumda saralash orqali Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqib, “Real”, “Olimpiakos” va “Verder” jamoalari bilan bir guruhdan joy olgandi. Yakunda esa rimliklar atigi 5 ochko to‘plab, guruhda so‘nggi o‘rinni egallagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)