Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlandi.
Musobaqada 16 klub to‘rtta guruhga bo‘lingan holda kurash olib boradi. Jamoalar guruh bosiqichida o‘zaro bir martadan to‘qnash keladi. Mezbon jamoalar qur’a natijasiga ko‘ra, oldindan belgilab qo‘yilgan jadval asosida aniqlab olindi.
Quyida musobaqaning guruh bosqichi taqvimi bilan tanishing:
O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi
Guruh bosqichiA guruhi
1-tur
OKMK — “Andijon”
“Navbahor” — “Metallurg
2-tur
“Metallurg” — OKMK
“Andijon” — “Navbahor”
3-tur
OKMK — “Navbahor”
“Metallurg” — “Andijon”B guruhi
1-tur
“Nasaf” — “Surxon”
“Qizilqum” — “Mash’al”
2-tur
“Mash’al” — “Nasaf”
“Surxon” — “Qizilqum”
3-tur
“Nasaf” — “Qizilqum”
“Surxon” — “Mash’al”C guruhi
1-tur
“Buxoro” — “Sho‘rtan”
“Lokomotiv” — “So‘g‘diyona”
2-tur
“So‘g‘diyona” — “Buxoro”
“Sho‘rtan” — “Lokomotiv”
3-tur
“Buxoro” — “Lokomotiv”
“Sho‘rtan” — “So‘g‘diyona”D guruhi
1-tur
“Qo‘qon-1912” — “Paxtakor”
“Bunyodkor” — “Oqtepa”
2-tur
“Oqtepa” — “Qo‘qon-1912”
“Paxtakor” — “Bunyodkor”
3-tur
“Qo‘qon-1912” — “Bunyodkor”
“Paxtakor” — “Oqtepa”
Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oladi. Qur’a yordamida jamoalarning raqibi aniqlanadi. Bunda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalarga 2-o‘rin egalari raqib bo‘ladi. Guruhlarda 1-o‘rinni egallagan klublar chorak finalni mezbon sifatida, ya’ni o‘z uyida o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)