Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2020-yil 21-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 126 kishining koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 17 881 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 84 tasi Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
  • 34 tasi Qashqadaryo viloyatida;
  • 8 tasi Toshkent viloyatida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
21-iyulda jami 564 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan (soat 10:00 holatiga ko‘ra +276, soat 17:00 holatiga ko‘ra +165).

Kun davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 5 nafar, poytaxtda uy sharoitida 8 nafar, Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasasida 36 nafar, Qoraqalpog‘istonda 6 nafar, Sirdaryo viloyatida 3 nafar, jami 58 nafar bemor tuzaldi.

O‘zbekistonda infeksiyadan forig‘ bo‘lganlarning umumiy soni 9521 nafarni (53 foizni) tashkil qilmoqda. 8265 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi