• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SSV O‘zbekiston IIV YHXBB podpolkovnigining koronavirusga chalingani va infeksiya asoratlari oqibatida vafot etganini tasdiqladi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 51 yoshli erkakning vafot etganini xabar qildi.

    Foto: IIV matbuot xizmati

    Foto: IIV matbuot xizmati

    Xabarga ko‘ra, Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 51 yoshli Z.S. 17-iyul kuni IIV Markaziy gospitalining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va 18-iyul kuni unda COVID-19 infeksiyasi borligi tasdiqlangan.

    Bemorga COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Z.S.da kasallik o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

    Shuningdek, unda yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning o‘ta og‘ir kechishi, ikkala boldir arteriyalari okklyuziyasi, chap son yonbosh arteriyasi stenozi, surunkali pankreatit kabi hamroh xastaliklar bo‘lgan.

    Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

    Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgan, deyiladi xabarda.

    Avval O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati katta mutaxassisi, podpolkovnik Zoyir Saydaliyev 2020-yil 21-iyul kuni 51 yoshida vafot etgani xabar qilingan, biroq podpolkovnikning o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan. IIV matbuot xizmati Zoyir Saydaliyevning vafotiga koronavirus infeksiyasi sabab bo‘lgani hozircha tasdiqlanmaganini bildirgandi.

    12-iyul kuni Sergeli IIO FMB podpolkovnigi, 13 va 14-iyul kunlari Toshkent shahar IIBB mayori va IIV podpolkovnigi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgan, keyinroq mazkur uchta o‘lim holati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangandi.

    Bu “Daryo” hisobi bo‘yicha 21-iyul soat 23:25 holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi 99-o‘lim holati hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan statistika bo‘yicha esa mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 95 kishi vafot etgan.

    Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Biroq ushbu holatlar haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Avval Toshkentda koronavirusga chalingan 64 yoshli erkak, 68 yoshli M.I. ismli ayolning hamda Andijonda 42 yoshli G‘.I ismli erkakning vafot etgani haqida xabarlar berilgandi.

    21.07.2020, 23:50   Izoh (0)   41519
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda koronavirusga chalingan 42 yoshli erkak vafot etdi. U viloyatda COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan birinchi bemor

    21.07.2020, 23:37

    Surxondaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida qidiruvga berilgan shaxslar Toshkent shahrida qo‘lga olindi

    21.07.2020, 23:31

    Toshkentda 74 ta ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinika aholiga kun-u tun xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tkazildi

    21.07.2020, 23:23

    Andijon hokimi viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalari 24 soatlik ish tartibiga o‘tganini ma’lum qildi

    21.07.2020, 23:11

    Xitoy COVID-19 vaksinasi sinovini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi

    21.07.2020, 22:58

    “O‘zavtosanoat” Rasul Kusherbayevning tez yordam mashinalari oshirilgan narxlarda sotilayotgani haqidagi tanqidiga javob qaytardi

    21.07.2020, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.