Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Real”ning Ispaniya chempionatidagi g‘alabasi haqida gapirdi.

Foto: ESPN

Foto: ESPN

“Madridliklar o‘z ishini bajardi. Mavsum qayta tiklanganidan keyin birorta ham o‘yinda yutqazmaslik munosib natija sanaladi. Ularning chempion bo‘lishi uchun biz ham yordam berib yubordik.

“Barselona” o‘zini o‘zi tahlil qilishi kerak, bu — birinchi navbatda o‘yinchilardan boshlanishi lozim. Biz “Barselona”miz va har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart. Yutishimiz kerak bo‘lgan o‘yinlarda ochko yo‘qotdik”, — deydi Messi.

“Real” Ispaniya La Ligasining 37-turida “Vilyarreal”ni mag‘lubiyatga uchratib (2:1) chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Barselona” esa mazkur turda o‘z maydonida “Osasuna”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2). Leo esa jamoasining yagona goliga jarima zarbasini aniq amalga oshirgan holda mualliflik qildi.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda turizm: kecha va bugun
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani