Daryo

Lionel Messi La Ligada Karim Benzemaning tarixiy natijasini takrorladi

Messidan navbatdagi ajoyib natija

1 daqiqa o‘qish40 632 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasi doirasida o‘tkazilgan “Osasuna”ga qarshi bahsda (1:2) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Twitter

Argentinalik futbolchi uchun bu iyul oyida (La Ligada) urilgan birinchi gol bo‘ldi.

Shu tariqa 33 yoshli forvard 12 kalendar oyining barchasida ham gol urgan, ham golga assistentlik qilgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bunda oldin ushbu natijani “Real” hujumchisi Karim Benzema qayd etgandi.

Qayd etish joiz, La Liga uchrashuvlari koronavirus pandemiyasi tufayli uzoq vaqtdan keyin ilk marotaba yoz oylarida o‘tkazilmoqda.

Messi Ispaniya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumida 32 uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi kelasi mavsumda o‘z nihoyasiga yetadi.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar