Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 37-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 16-iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Barcha o‘yinlar parallel ravishda o‘tkazildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Barselona” jamoasi “Osasuna”ni mehmon qildi. Dastlab mehmonlar 15-daqiqada Arnaisning kiritgan to‘pidan keyin oldinga o‘tib oldi. 62-daqiqada Lionel Messi jarima zarbasidan chiroyli gol urib, muvozanatni tikladi. 77-daqiqada Enrik Galyegoning qo‘pol harakatidan keyin mehmonlar bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Biroq o‘yin yakunlanishi arafasida “Osasuna” yana bir gol urib, g‘alabani ilib ketdi.

Madridning “Real” klubi o‘z uyida “Vilyarreal”ni qabul qildi. Uchrashuvning 29-daqiqasida Karim Benzema madridliklarning tezkor qarshi hujumini gol bilan yakunladi. 77-daqiqada fransiyalik futbolchi penaltini aniq bajarib, dublini nishonladi. 83-daqiqada mehmonlar Iborraning golidan keyin hisobni qisqartirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” ochkolarini 86 taga yetkazgan holda musobaqa tugashiga bir tur qolganida chempionlik masalasini hal qildi. “Barselona” (79) esa ikkinchi o‘rin bilan cheklandi.

Parallel kechgan bahslarda “Atletiko” safarda “Xetafe”ni ishonchli hisobda taslim etgan bo‘lsa, “Sevilya” San-Sebastyanda “Real Sosyedad” bilan murosa yo‘lini tanladi.

La Liga

37-tur bahslari

16-iyul, payshanba

“Real Madrid” — “Vilyarreal” 2:1

Gollar: 1:0 – 29 Benzema, 2:0 – 77, penalti Benzema, 2:1 – 83 Iborra.

“Real Madrid”: Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Karvaxal (Vaskes, 84), Kazemiro, Modrich (Isko, 85), Azar (Asensio, 62), Kroos (Valverde, 85), Rodrigo (Vinisius Junior, 62), Benzema.

“Vilyarreal”: Asenxo, Pau Torres, Kintilya, Shakla, Penya (Soriano, 46), Moyses Gomes (Kasorla, 63), Zambo-Angissa (Trigeros, 82), Morlanes (Iborra, 63), Chukvueze (Ontiveros, 46), Mario Gaspar, Xerar Moreno.

Ogohlantirishlar: Shakla (18), Karvaxal (54), Modrich (62), Kintilya (68), Isko (86).

“Barselona” — “Osasuna” 1:2

Gollar: 0:1 – 15 Arnais, 1:1 – 62 Messi, 1:2 – 90+4 Roberto Torres.

“Barselona”: ter Shtegen, Firpo (Alba, 79), Semedu (Vidal, 59), Langle, Serxi Roberto, Rakitich (Buskets, 67), Puch (de Yong, 79), Fati, Pike, Messi, Breytueyt (Suares, 59).

“Osasuna”: Errera, Navas, David Garsiya, Vidal, Aridane, Brashanats (Oyer Sanxurxo, 46), Inyigo Peres, Arnais (Galyego, 71), Monkayola (Roberto Torres, 85), Estupinyan (Toni Lato, 90), Adrian (Barxa, 70).

Ogohlantirishlar: Semedu (54), Rakitich (57), Estupinyan (63), Pike (69), Firpo (75).

Chetlatish: Galyego (77).

“Eybar” – “Valyadolid” 3:1

Gollar: 1:0 – 21 Bigas, 2:0 – 28 Inui, 2:1 – 71 Gvardiola, 3:1 – 90, penalti De Blasis.

“Real Sosyedad” – “Sevilya” 0:0

“Valensiya” – “Espanyol” 1:0

Gol: 1:0 – 17 Gameyro.

“Malyorka” – “Granada” 1:3

Gollar: 1:0 – 20 Ernandes, 1:1 – 45 Dias, 1:2 – 69 Fernandes, 1:3 – 90 Puertas.

“Xetafe” – “Atletiko” 0:2

Gollar: 0:1 – 54 Lorente, 0:2 – 80 Tomas.

“Selta” – “Levante” 2:3

Gollar: 0:1 – 11 Bardi, 0:2 – 28 Bardi, 1:2 – 36 Santi Mina, 2:2 – 45 Aspas, 2:3 – 52 Mayoral.

“Betis” – “Alaves” 1:2

Gollar: 0:1 – 51 Xoselu, 0:2 – 76 Eli, 1:2 – 90 Moron.

“Atletik” – “Leganes” 0:2

Gollar: 0:1 – 79 Gerrero, 0:2 – 90 Assale.

37-turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: La Liga

Foto: La Liga

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi