Xalq deputatlari Chust tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 2016-yildan beri Chust tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Bahodir Oxunov o‘z lavozimidan ozod etildi.
Sessiyada ishtirok etgan Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Chust tumani hokimi lavozimiga Bekzod Hamdamov nomzodini taklif qildi. Deputatlar ushbu nomzodni ma’qulladi.
Bekzod Hamdamov 1979-yilda Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2008- yilda esa Soliq akademiyasi magistraturasini tamomlagan.
U shu kunga qadar Mingbuloq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)