“Manchester Siti” hujumchi Rahim Sterling Angliya Premyer Ligasining 35-turidan o‘rin olgan “Brayton”ga qarshi bahsda (5:0) het-trik qayd etdi.
Bu angliyalik 25 yoshli futbolchi uchun “shaharliklar” safida Premyer Ligadagi 63, 64 va 65-gollar bo‘ldi.
Shu tariqa Sterling Yaya Tureni (62) ortda qoldirib, “Manchester Siti”ning Premyer Liga tarixidagi (1992/93-yilgi mavsumdan keyin) eng yaxshi to‘purarlari orasida 2-o‘ringa chiqib oldi. To‘rtinchi o‘rinda 59 ta gol bilan David Silva bormoqda. Shuningdek, Sterling bir mavsum davomida gol urish borasidagi shaxsiy rekordini ham yangiladi. Ayni damda Rahim hisobida joriy mavsum klub doirasidagi musobaqalarda urilgan 27 ta gol bor. Uning avvalgi eng yaxshi natijasi esa 2018/19-yilgi mavsumda qayd etilgandi — 25 ta gol
Klubning Angliya Premyer Ligasi tarixidagi va umuman ingliz futbolining yuqori divizionlaridagi eng yaxshi to‘purari Serxio Aguero (180 ta gol) sanaladi.
35-turdan keyin “Manchester Siti” 72 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 1-pog‘onadagi “Liverpul” esa chempionlik 31-turda chempionlik masalasini hal qilib bo‘lgan.
Mavzuga doir: “Manchester Siti” Angliya chempionatida 35 yil avvalgi natijani takrorladi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)