Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 35-turida “Manchester Siti” 11-iyul, shanba kuni “Brayton” maydoniga safar qildi.

Foto: APL

Uchrashuvning 21-daqiqasida Rahim Sterling mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, bo‘lim yakunida Gabriel Jezus “shaharliklar”ning ikkinchi golini urdi.

Tanaffusdan so‘ng “Manchester Siti” yana uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Sterling yana ikkita gol urib, het-trik qayd etgan bo‘lsa, Bernardu Silva ham o‘z hisobiga gol yozidirib qo‘ydi.

“Manchester Siti” Premyer Liga musobaqa jadvalida ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. Pep Gvardiola shogirdlari hisobida 72 ochko bor. “Brayton” (36) esa 15-pog‘onaga joylashgan.

APL

35-tur bahsi

11-iyul, shanba

“Brayton” — “Manchester Siti” 0:5

Gollar: 0:1 – 21 Sterling, 0:2 – 44 Gabriel Jezus, 0:3 – 53 Sterling, 0:4 – 56 Bernardu Silva, 0:5 – 81 Sterling.

“Brayton”: Rayan, Dank, Bernardo, Montoyya (Lempti, 59), Uebster, Bissuma, Gross (Byorn, 78), Muy, Propper (Stivens, 59), Trossard (Jahonbaxsh, 70), Konnolli (Mope, 59).

“Manchester Siti”: Ederson, Mendi (Zinchenko, 64), Uoker, Erik Garsiya (Stounz, 72), Lyaport, Bernardu Silva, Rodri Ernandes (Fernandinyo, 72), Sterling, de Bryuyne (Silva, 64), Mahrez, Gabriel Jezus (Foden, 63).

Ogohlantirishlar: Bissuma (83).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!