Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliya chempionating 34-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qilib, 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Shaharliklar”ning ikkinchi goliga Riyod Mahrez mualliflik qildi.

Foto: APL

Foto: APL

Mahrez uchun bu Premyer Liganing ushbu mavsumidagi 10-gol bo‘ldi. Opta’ning ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” 35 ichida Angliya Oliy divizioni va Premyer Ligasining (1992) bir mavsumida 5 nafar futbolchisi 10 tadan ko‘proq gol urgan birinchi jamoaga aylandi.

Riyod Mahrez (10), Gabriel Jezus (11), Kevin de Bryuyne (11), Rahim Sterling (13) va Serxio Aguero (16) APLning 2019/20-yilgi mavsumida o‘z nomiga 10 ta va undan ko‘proq gol rasmiylashtirib qo‘ygan.

Qayd etish joiz, bundan oldin, 1984/85-yilgi mavsumda “Everton” xuddi shunday natijani qayd etgan. Faqat unda musobaqa hozirgi formatda o‘tkazilmas edi.

Manchester klubi 34-turdan keyin 69 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rindagi “Liverpul” esa chempionlik masalasini hal qilib bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr