• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirus simptomidagi boshqa kasallik tarqaldimi? Jurnalist SESlarda test olish qoniqarsizligini tanqid qildi

    Jurnalist Barno Sultonova Toshkent shahridagi Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazlaridagi koronavirusga test topshirish bilan bog‘liq vaziyatni tanqid qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Oilaviy gripp bo‘lganimizga mana 14 kun bo‘ladi. Hali qutulolganimiz yo‘q. Uchinchi yoki to‘rtinchi kuni Chilonzordagi SESga analiz topshirishga bordik.

    Pasportimizni o‘sha yerdagi oshxonaga o‘rnatilgan kserokopiyada nusxalatdik. Shundoqqina oshxonaga kirishda. Tasavvur qilayapsizmi, bu kserokopiyadan nechta COVID-19 bo‘lgan odamning pasporti nusxalanganini. Odamlar bir-biriga juda yaqin turibdi. Navbat juda katta. 3-4 kundayam javobi chiqmaganlar asabiylashib, jig‘ibiyroni chiqib ortiga qaytayapti va nihoyat bizning ham navbatimiz keldi. Amallab analiz topshirdik, oxirgi lahzalarda. Javobi to‘rt kun deganda chiqdi.

    Shu to‘rt kun ichida boshimizdan o‘tgani mayli, ko‘nglimizdan nimalar kechganini o‘zimiz bilamiz. Barchamizda harorat tushadi, chiqadi. Tomoqda qichishish, holsizlik, mushaklarda og‘riq. Uchinchi kuni hammamiz ta’m va hid sezishni yo‘qotdik. Xullas, 4 kun deganda javobi chiqdi — manfiy. Biz juda xursand edik. Garchi hali ahvolimiz yengillashmagan bo‘lsa-da, hamon shuncha davo choralarini ko‘rayotgan bo‘lishimizga qaramay, na og‘irlashmagan na yengillashmagan bo‘lsak-da, kasallik COVID-19 emasligidan xursand edik.

    Lekin mana oradan 10 kun o‘tdi. Haliyam ta’m bilmayapmiz, hid bilmayapmiz. To‘g‘ri, issig‘imiz ko‘tarilmayapti, ammo holsizlik, charchoq davom etmoqda. Hammamiz ozib ketdik, ko‘zlarimizning tagi chuqurlashib qorayib ketdi...

    Internetda 20 dan ortiq video ko‘rdim, maqolalarni o‘qidim. Bizda aynan o‘sha simptomlar kuzatildi — mushak og‘rig‘i, ta’m bilmaslik, hid bilmaslik, tomoq qichishi, quruq yo‘tal, hatto o‘g‘limda ba’zi manbalarda aytilganidek, diareya kuzatildi.

    Yana bir gap. Bizdan uchta o‘rin oldinda topshirganlarning biridan COVID-19 chiqibdi. Javobini bilishga borganimizda eshitdik. Uning qog‘ozlarini olib ketishga kelgan sherigi ayol shunday dedi: “COVID-19 chiqqan bo‘lsa, nega hech kim xabar olmayapti, issig‘i tushmayapti”, dedi. Tasavvur qilayapsizmi, koronavirus infeksiyasi chiqqan o‘sha insonning pasportini hamshiralar ushlab registratsiya qilgan, undan keyin navbatdagi boshqa odamlarning pasportini ushlagan, demak yana bir nechta odamga COVID-19 yuqqan bo‘lishi mumkin.

    Aptekalarda bir necha bor kuzatdim. Hamma “Arbidol”, “Ergoferon”, “Paratsetamol” kabi dorilarni to‘xtovsiz olishmoqda. Ulardan so‘rasam grippmiz deyishdi. Lekin biror joyda O‘zbekistonda shunaqa gripp ham tarqagani haqida mutaxassislar ogohlantirishlar bilan chiqmadi? Deyarli hammada COVID-19’ning simptomlari kuzatilmoqda. Aynan shunday. Shuncha yil gripp bo‘lib, hali bunaqasini ko‘rmaganmiz. Haliyam o‘zimizga o‘zimiz “bu nima edi” deb hayratlanayapmiz.

    Yana bir xavotirli statistikaga ko‘ra, 2020-yil iyun oyi o‘rtalarida Qozog‘istonning Chimkent, Oqto‘be va Atirau viloyatlarida zotiljamning noma’lum turi bilan kasallanish holati sezilarli darajada ko‘paygan. Bu borada o‘lim ko‘rsatkichi COVID-19’dan ham kattaroq. Ma’lumotlarga qaraganda, 2020-yilning birinchi yarmida Qozog‘istonda zotiljamdan 1772 kishi vafot etgan. Iyun oyining o‘zida esa 628 ta o‘lim holati qayd etilgan.

    Hozir hech kimning bo‘yniga hech narsani qo‘ya olmaymiz. Shifokorlar vaqtida kelmadi, deb jar sololmaymiz. Ularning javobi tayyor — “bemor kech murojaat qilgani uchun og‘irlashdi”, “uyida o‘zini o‘zi davoladi”, “qo‘shimcha kasalliklar mavjud edi” va h.k. Dod desangiz ham, voy desangiz ham sizni eshitadigan odam yo‘q.

    Poliklinikalarga chiqsangiz, bahonasi karantin yoki issig‘i chiqqan bemordan yovdan qochganday qochishadi. Tez yordamni chaqirsangiz kelmaydi yoki Paratsetomol bilan issiqni tushirishni maslahat beradi. Test topshiray desangiz 4-5 kunda javobi chiqadi, COVID-19 yuqtirgan odam javobi chiqqunicha yo u yoqlik, yo bu yoqlik bo‘ladi. Pullik testlar bir oilada, aytaylik, to‘rt yoki besh kishi topshirsa narxi bir milliondan oshib ketadi. Usiz ham karantinda ishsizlikdan qiynalib o‘tirgan odamlar tavakkal qilishdan, hech qayerga murojaat qilmasdan uyda o‘z bilganicha davolanishdan boshqa chora ko‘rmaydi. Buning oqibatida uyda davolanayotgan, og‘irlashgach shifoxonada vafot etayotgan bemorlar soni ko‘paygandan ko‘payaveradi.

    Mutaxassislardan javob kutib qolamiz, aholi orasida keng tarqalayotgan, COVID-19’ga aynan o‘xshash simptomlar bilan kechayotgan gripp — koronavirus infeksiyasi bo‘lmasa, nima?

    Barno Sultonova, “Xabar.uz” jurnalisti

    Avval  Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganini ma’lum qilgani, keyinroq Adliya vaziri maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatova koronavirusga oilaviy chalingani va COVID-19’ga test topshira olmayotganini bildirgani, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova uch kundan buyon koronavirusga topshirgan testi javobini ololmayotgani haqida xabarlar berilgan.

    12.07.2020, 22:15   Izoh (0)   83109
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda 3 700 dollar evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    12.07.2020, 21:14

    “Kerak bo‘lsa kutasiz”, “Man bilmayman” degan mantiqsiz javoblarni olishdan charchadik” – Deputat koronavirus testi javobini ololmayotgani haqida

    12.07.2020, 20:13

    Qozog‘iston chegarasida qolib ketgan o‘zbekistonliklar qanday sharoitda yashashga majbur bo‘ldi? (video)

    12.07.2020, 17:51

    O‘zbekistonda ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 5 mingdan oshdi

    12.07.2020, 17:06

    Toshkentda yetti soat ichida aholi orasida 76 kishida koronavirus tasdiqlandi

    12.07.2020, 17:05

    O‘zbekistonda 8 ta xususiy tibbiyot muassasasida koronavirusga test topshirish mumkinligi aytildi

    12.07.2020, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.