Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 35-turining so‘nggi o‘yini “Real” va “Alaves” (2:0) jamoalari o‘rtasida kechdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Karim Benzema penaltini aniq ijro etdi. Bu La Liga joriy mavsumidagi 140-penalti bo‘ldi. Shu tariqa bir mavsumdagi penaltilar soni bo‘yicha Primera 1989/90-yilgi mavsumida qayd etilgan rekord takrorlandi.
La Liganing 2019/20-yilgi mavsumida VAR tufayli 13 ta penalti bekor qilingan bo‘lsa, 35 ta holatda videotakrorlardan so‘ng 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.
“Alaves” va “Malyorka” jamoalari darvozasi tomon ushbu mavsum 15 martadan penalti belgilandi. Bu boradagi rekord ham 1989/90-yilgi mavsumda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda “Barselona” darvozasi tomon 16 bor penalti belgilangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)