Yarim o‘rta vazn toifasida UFС jangchisi Xorxe Masvidal chempion Kamaru Usmon bilan bo‘ladigan jangi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Raqibimning imkoniyatlariga ishonmayman. Ehtimol, boshqa har qanday raqib bilan jangga olti kun qolganida rozilik berishdan oldin o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim, ammo bu umuman boshqa holat.
Usmonning 17 xil shaxsi bor, jang paytida qaysi biri bilan to‘qnash kelishimni bilmayman. Shuningdek, men uni irodasiz deb hisoblayman.
Kamaru reklama qilinayotgani kabi yaxshi jangchi emas. Buni isbotlash uchun bu yerga keldim”, — deydi Masvidal.
Qayd etish joiz, Masvidal UFС 251 musobaqasida koronavirusga chalingan Gilbert Byornsning o‘rnini egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Kamaru Usmon va Xorxe Masvidal o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 12-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Xorxe Masvidal raqibini 5 soniya ichida nokautga uchratgan, o‘sha jangni tomosha qiling!
Izoh (0)