Yarim o‘rta vazn toifasida UFС chempioni Kamaru Usmon UFС 251 musobaqasida Xorxe Masvidal bilan bo‘ladigan jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Masvidal — so‘nggi raqiblarim ichidagi eng yaxshisi. U kuchli jangchi, shu bois uning imkoniyatlarini past baholay olmayman. Kuchli raqib bilan jang qilaman degan fikrda oktagonga chiqaman.
Xorxe 2019-yilni ajoyib o‘tkazdi. Men uchun eng yaxshi chorlov bo‘lgani uchun unga minnatdorchilik bildiraman. Kuchli hayajondaman va sabrsizlik bilan jangni kutyapman. Ehtimol, muxlislar ham jangni kutayotgandir.
Xorxe men uchun jiddiy sinov ekanligini tushunaman, biroq bu mening vazifam. Shuning uchun ham chempionman”, — deydi Usmon Kamaru.
Eslatib o‘tamiz, Usmon — Masvidal jangi 12-iyul (Toshkent vaqti) kuni Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da bo‘lib o‘tadi.
Kamaru Usmon ijrosidagi eng sara janglarni tomosha qiling (video)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)