AQSh prezidenti Donald Tramp Walter Reed harbiy gospitaliga tashrifi davomida niqob taqishga va’da berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.
“Men jarohat olgan harbiylarimizni ko‘rish uchun, shuningdek, COVID-19 bilan kurashayotgan va shunday ajoyib ishni bajarayotgan xodimlarimizni ko‘rish uchun Walter Reed’ga boraman”, — deya ma’lum qilgan Tramp Fox News’ga bergan intervyusida.
Shuningdek, Tramp gospitalga kirgan vaqtida niqob taqishini qo‘shimcha qilgan va shifoxonada bo‘lgan vaqtda bu to‘g‘ri ish ekanligini ta’kidlagan.
AQSh prezidentining Walter Reed tibbiy kompleksiga tashrifi 11—12-iyul kunlariga rejalashtirilgan.
Avvalroq Donald Tramp aholiga niqob taqishni tavsiya qilgandi, lekin o‘zi bu tavsiyaga amal qilmasligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh xorijlik talabalarga mamlakat hududida onlayn ta’lim olishni taqiqlashi sababli Garvard universiteti va Massachusets texnologiyalar instituti AQSh prezidenti administratsiyasini sudga berdi.
Izoh (0)