Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yarim o‘rta vazn toifasida UFС chempioni Kamaru Usmon UFС 251 musobaqasida Xorxe Masvidal bilan bo‘ladigan jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: MMABoxing

Foto: MMABoxing

“Masvidal — so‘nggi raqiblarim ichidagi eng yaxshisi. U kuchli jangchi, shu bois uning imkoniyatlarini past baholay olmayman. Kuchli raqib bilan jang qilaman degan fikrda oktagonga chiqaman.

Xorxe 2019-yilni ajoyib o‘tkazdi. Men uchun eng yaxshi chorlov bo‘lgani uchun unga minnatdorchilik bildiraman. Kuchli hayajondaman va sabrsizlik bilan jangni kutyapman. Ehtimol, muxlislar ham jangni kutayotgandir.

Xorxe men uchun jiddiy sinov ekanligini tushunaman, biroq bu mening vazifam. Shuning uchun ham chempionman”, — deydi Usmon Kamaru.

Eslatib o‘tamiz, Usmon — Masvidal jangi 12-iyul (Toshkent vaqti) kuni Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da bo‘lib o‘tadi.

Kamaru Usmon ijrosidagi eng sara janglarni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
O‘zbekistonda abort: qonuniy va xavfsiz bo‘lishiga qaramay, bu tanlov kamaymoqda
Dunyo
Serdar Berdimuhamedov barda to‘polon qilgan qarindoshini “Turkmengaz”dagi yuqori lavozimidan bo‘shatdi
Mahalliy
Toshkent yerusti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi