Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Janubiy Ural” klubining xokkeychisi Pavel Krutiy 10-iyul kuni 23 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oliy xokkey Ligasi (VXL) matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: VXL

Foto: VXL

10-iyul kungi mashg‘ulotlar vaqtida Krutiy o‘zini yomon his qilgan. Unga klub shifokorlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. O‘yinchi tez yordam mashinasida kasalxonaga jo‘natilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Xokkeychining sog‘lig‘ida muammo bo‘lmagani aytilgan.

Sport24 xokkeychining o‘limi tafsilotlarini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, “Janubiy Ural” klubining yig‘ini 9-iyul kuni tibbiy ko‘rik bilan boshlanishi rejalashtirilgan. Biroq xokkeychilar 10-iyul kuni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va undan keyin mashg‘ulotlar boshlangan. Klub tibbiy ko‘rikdan videolavhalarni e’lon qilgan, unda Krutiy ko‘rinish bermagan.

“Sport-Ekspress” muxbirining yozishicha, Pavel tibbiy ko‘rikdan to‘liq o‘tmay turib, darhol mashg‘ulotlarga yuborilgan.

“ArenaBreda” Telegram kanalining xabar qilishicha, mashg‘ulotning ilk kunidayoq (bunga qadar xokkeychilar karantin vaqtida bir necha oy yakka holda shug‘ullangan) jamoa a’zolariga 10 kilometr kross yugurish taklif qilingan. Krutiy 8-kilometrga kelib o‘zini yomon his qilgan.

Xokkeychilar yugurishni qachon boshlagani noma’lum. Orskda soat 11:00 da havo harorati 31 daraja issiqni tashkil qilgan, soat 14:00 ga borib esa harorat 36 ga yetgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi
Mahalliy
“Vazirlikdagilarning 30 mln so‘m oyligi bir kun ham kechikmaydi, biz esa 3 millionga yetmagan pulimizni oylab kutamiz”. Energetikaning ayrim xodimlari “o‘gay”mi?
Dunyo
Global inflyatsiya o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan — Financial Times