• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu juda murakkab sinov va og‘ir kurash bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida mamlakat aholisiga murojaat qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyul, chorshanba kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilishda Prezident koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirib, kasallik juda murakkab sinov va unga qarshi kurash esa og‘ir bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

    Barchamiz guvohi bo‘lib turibmiz, afsuski, butun dunyoda koronavirus pandemiyasi davom etmoqda. Dunyoning qator mamlakatlarida kasallikning ikkinchi to‘lqini boshlanayotgani barchamizda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

    Bugungi holat shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu infeksiyaga qarshi kurashda qandaydir ‘sehrli retseptlar’ hali yo‘q.

    Jahon hamjamiyati, dunyodagi eng yirik ilmiy markazlar, eng kuchli olimlar bu ofatga davo topish uchun qattiq izlanmoqda. Va bunday tadqiqotlar tez orada o‘zining ijobiy natijasini beradi, deb umid qilamiz.

    Hozirgi kunda respublikamizda kasallikka chalinganlar soni 10 982 nafarga, sog‘ayganlar soni 6890 nafarga yetdi.

    Tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xodimlarining kasb malakasi va jasorati, huquq-tartibot idoralari xodimlarining fidoyiligi, shuningdek, karantin davridagi qat’iy intizom mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni nisbatan barqaror saqlash imkonini bermoqda.

    Lekin bu xotirjamlikka berilish, bu masalaga yengil-yelpi qarash uchun asos bo‘lmasligi kerak.

    Chunki iyul oyining birinchi haftasida bemorlar soni 2167 nafarga ko‘paygan. Shundan 1267 ta (58 foiz) holat aholi orasida aniqlangan.

    Bu karantin davridagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Afsuski, bemorlar orasida o‘lim soni ham ortib bormoqda. Bu barchamizni jiddiy tashvishga solishi shart.

    Biz mamlakatimizda koronavirus aniqlangan kundan boshlab qayta-qayta ta’kidlab kelmoqdamiz: bu juda murakkab sinov va og‘ir kurash bo‘ladi.

    Bu kurashda ko‘p narsa o‘zimizga, aql bilan harakatimizga, sabr-toqatimizga, temir intizom bilan qat’iyat va jipslikda ish ko‘rishimizga bog‘liq.

    Lekin, ming afsuski, aholi o‘rtasida ko‘pchilik mana shu talablarga to‘la amal qilmayapti.

    Ayniqsa, tibbiy niqob taqmaslik yoki uni nomiga taqish, sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish, o‘zaro qo‘l berib ko‘rishish, ijtimoiy masofani saqlamaslik, zaruratsiz oilaviy tadbirlarni o‘tkazish holatlari kun sayin ko‘paymoqda.

    Joylarda ‘yashil’, ‘sariq’ va ‘qizil’ hudud tamoyili to‘liq ishlamayapti.

    Biz bu borada ahvolni o‘zgartirish uchun avvalo jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz kerak.

    Yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, Respublika komissiyasi viloyat, shahar, tumanlar hokimlari hamda sektor rahbarlari bilan birga pandemiyani jilovlash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishi shart.

    Tegishli rahbarlar o‘ziga biriktirilgan har bir viloyat kesimida aholining belgilangan cheklovlarga qat’iy amal qilishi va karantin talablari bajarilishi ustidan, joyiga chiqqan holda, nazorat o‘rnatsin.

    Albatta, biz qo‘shni davlatlarda ma’lum sabablarga ko‘ra qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatimizga qaytarish bo‘yicha ham tegishli chora-tadbirlarni ko‘ramiz.

    Biroq yurtdoshlarimizga murojaat qilib yana bir bor ta’kidlamoqchiman: butun dunyoda ming-minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘layotgan bunday xatarli ofatga aslo beparvo va yengil qarab bo‘lmaydi.

    Kasallikning biror-bir kichik belgisini o‘zingizda sezdingizmi, darhol shifokorga murojaat qiling.

    O‘zingizcha uyda davolanmang. Bu og‘ir oqibatlarga olib kelishi va nihoyat o‘lim bilan tugashi mumkin.

    O‘zingizga va oila a’zolaringizga nisbatan beparvo va befarq bo‘lmang!

    Xalqimiz, oilamiz va farzandlarimiz salomatligi va hayoti biz uchun eng ulug‘ boylik ekan, bu o‘ta muhim masalada befarq bo‘lib, karantin talablarini buzishga hech kimning haqi yo‘q.

    Buni hech kim, avvalo, barcha rahbar va mutasaddilar hech qachon unutmasligi shart.

    Bugungi murakkab vaziyatda barchamiz ‘O‘z sog‘lig‘ingni, o‘z bolangni, o‘z oilangni o‘zing asra!’ degan shiorga amal qilib yashashimiz shart.

    Ayni vaqtda hayotimizni normal izga solish, iqtisodiyotimizni tiklash uchun pandemiya sharoitida yashash va mehnat qilishga o‘rganishimiz, barcha ehtiyot choralarini ko‘rgan holda, bu borada boshlagan ishlarimizni temir intizom bilan davom ettirishimiz kerak.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilinadi. 10-iyuldan to‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, avtotransport harakati cheklanadi, buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopiladi, xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi, koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etiladi, O‘zbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi “qizil” bo‘ladi.

    Mavzuga doir: Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirus avj olsa, tibbiyot og‘ir vaziyatga tushib qolishi mumkinligini aytdi (video)

    O‘zbekistonda 2020-yil 8-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 144 kishiga ko‘payib, 10 982 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda ayni paytgacha koronavirus infeksiyasiga chalingan 6888 nafar fuqaro sog‘aygan, koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni esa 42 nafarga yetdi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

    08.07.2020, 20:07   Izoh (0)   94870
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi bozorlarda 1 oyda necha kishi koronavirus yuqtirib olgani ma’lum qilindi

    08.07.2020, 19:55

    Yunusobodda bo‘lib o‘tgan to‘yda 79 kishi koronavirus yuqtirib olgan

    08.07.2020, 19:42

    O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

    08.07.2020, 19:19

    O‘zbekistonga qaytish uchun Rossiya—Qozog‘iston chegarasida 2000 dan ortiq fuqaro to‘plangan

    08.07.2020, 19:06

    Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirus avj olsa, tibbiyot og‘ir vaziyatga tushib qolishi mumkinligini aytdi (video)

    08.07.2020, 18:32

    O‘zbekistonda epidemiya boshlangandan buyon 300 nafardan ortiq bola koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

    08.07.2020, 18:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.