O‘zbekistonda 2020-yil 8-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 144 kishiga ko‘payib, 10 982 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarning

  • 113 nafari Toshkent shahrida (shundan 37 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 76 nafari aholi orasida);
  • 9 nafari Qoraqalpog‘istonda (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida);
  • 22 nafari Samarqand viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shuningdek, 8-iyul kuni Navoiy viloyatida 20 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, jami 77 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, mamlakatda ayni paytgacha koronavirus infeksiyasiga chalingan 6888 nafar fuqaro sog‘aygan, koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 42 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatda 4052 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.