Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 460 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 649 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1109 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda respublika koronavirusga qarshi kurashish shtabi xabar berdi.
Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:
- Nur-Sulon — 42 / 95;
- Olmaota — 41 / 157;
- Chimkent — 32 / 39;
- Aqmo‘la viloyati — 25 / 32;
- Aqto‘be viloyati — 59 / 86;
- Olmaota viloyati — 40 / 51;
- Atirau viloyati — 94 / 101;
- Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 30 / 62;
- Jambil viloyati — 32 / 59;
- G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 102 / 128;
- Qarag‘anda viloyati — 52 / 93;
- Kostanay viloyati — 22 / 63;
- Qizilo‘rda viloyati — 5 / 7;
- Mang‘istov viloyati — 13 / 13;
- Pavlodar viloyati — 34 / 52;
- Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 7 / 19;
- Turkiston viloyati — 19 / 52.
Mavzuga doir: Olmaotada pnevmoniya epidemiyasi e’lon qilindi
Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 229 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:
- Chuy viloyati — 84;
- O‘sh viloyati — 23;
- O‘sh shahri — 32;
- Issiqko‘l viloyati — 13;
- Jalolobod viloyati — 47;
- Norin viloyati — 11;
- Talas viloyati — 1;
- Botken viloyati — 10.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 190 kishini tashkil etmoqda.
Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 20 103 bemor tuzaldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 737 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 898 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.
Mavzuga doir: Afg‘oniston prezidentining homiysi bo‘lgan o‘zbek biznesmeni Turkiyada koronavirusdan vafot etdi
Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 56 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 53 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4914 (78,4 foiz) bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. 6-iyul holatiga ko‘ra esa, Tojikistonda koronavirus qurbonlari soni 54 kishi deya keltirilgan edi.
Mavzuga doir: Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida qolib ketgan 800 ga yaqin tojikistonlik yurtiga qaytarildi