So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12280.01
    • RUB 138.69
    • EUR 13415.91
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +5°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Olmaotada pnevmoniya epidemiyasi e’lon qilindi

    06.07.2020, 19:05 34866

    Qozog‘istonning Olmaota shahri rasmiylari shaharda yaqin kunlarda kuzatilayotgan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) va pnevmoniyaga chalinganlar soni ortganini epidemiya deb atadi. Bu haqda shahar hokimi Bakitjan Sag‘intayev o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

    Foto: “Almaty.gov.kz”

    Foto: “Almaty.gov.kz”

    “So‘nggi bir oy ichida shaharda O‘RVI va pnevmoniya kasalliklari soni 5 baravar oshdi, buni biz epidemiyaning namoyon bo‘lishi sifatida ko‘ryapmiz. Mos ravishda tez yordamga murojaatlar soni ham keskin oshdi. Agar may oyida 2,5 mingtacha qo‘ng‘iroqlar qabul qilingan bo‘lsa, iyun oyida sutkasiga 4 mingtagacha chaqiriqlar bo‘ldi. Bitta brigadaga tushadigan kunlik yuklamalar soni ikki baravar oshib, 19 ta qo‘ng‘iroqni tashkil etmoqda”, — deb yozgan hokim.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda koronavirusning tarqalishi davrida yuqumli kasalliklar shifoxonasi va provizorlardan tashqari, birlamchi tibbiy yordam xizmatiga yuklama keskin oshgan.

    “Bugungi sharoitda ushbu bosqichda ‘yuqumli kasalliklar virtual kasalxonasi’ tashkil etilgan. Poliklinikalarda COVID-19 simptomlari bo‘lgan va kasallik tasdiqlangan mijozlar monitoringi uchun mobil guruhlar tuzilgan. Asfendiyarov nomidagi xalqaro tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Kardiologiya va ichki kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Mijozlar monitoringi markazi ochildi. Uning vazifasi xavf ostida bo‘lgan bemorlarni kecha-yu kunduz kuzatib borish va davolashdir. Bu bizga ambulatoriya darajasida, ayniqsa qariyalarda kasallik asoratlarini minimallashtirish imkonini beradi”, — deb ta’kidlagan Olmaota hokimi.

    Ayni paytda koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar soni ortib borishi butun Qozog‘iston bo‘ylab kuzatilmoqda. Olmaotada 6201 kishi koronavirusga chalingani tasdiqlangan. Shundan 2281 nafari sog‘aygan, 26 nafari vafot etgan. Butun mamlakat bo‘ylab esa koronavirusga chalinganlar soni 25 021 kishiga yetgan. Hozirga qadar 15 860 kishi sog‘aygan, 188 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 23 553 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

    Avvalroq Butunjahon shifokorlar kasaba uyushmasi (WMA) sobiq rahbari Leonid Eydelman kasallikning ikkinchi to‘lqiniga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerakligi, chunki u vaqtda COVID-19 O‘RVI epidemiyasi davrida parallel ravishda tarqalishi mumkinligini aytib o‘tgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Qozog‘istonda koronavirus epidemiyasi davrida 18 nafar tibbiyot xodimi kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi
    • Koronavirusdan sog‘aygan Nursulton Nazarboyev qozog‘istonliklarga murojaat qildi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trassaga qulagan vertolyot, avtobus bekatidagi otishma, uyida 555 ta archa bezatgan oila — 1-dekabr suratlari

    Kecha, 23:21

    Fransiya aholisining 67 foizi Makron siyosatini ma’qullamaydi — Le Figaro

    Kecha, 22:35

    Rossiya qo‘shinlari Donbassdagi Marinka shahrini to‘liq egallab oldi — Bild (video)

    Kecha, 22:25

    Instagram: Shahzoda Muhammedova ikkinchi, bloger Xonzoda uchinchi marta ona bo‘ldi, Halima Ibragimovaga BMW sovg‘a qilishdi

    Kecha, 22:15

    O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi

    Kecha, 22:00

    AQSHda sentyabr oyida rekord darajada neft qazib olindi

    Kecha, 21:55

    Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri bilan uchrashdi

    Kecha, 21:40

    Fransiya bosh vaziri parlament binosida elektron sigaret chekkani deputatlar noroziligiga sabab bo‘ldi

    Kecha, 21:35

    Isroil sulhdan keyin G‘azo sektoriga 200 dan ortiq zarba berdi

    Kecha, 21:25

    Shveysariya Rossiyaning 8,8 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatib qo'ydi

    Kecha, 21:15

    Tavsiya etamiz

    Trassaga qulagan vertolyot, avtobus bekatidagi otishma, uyida 555 ta archa bezatgan oila — 1-dekabr suratlari

    23:00 / 01.12.2023

    Abdulla Qodiriy hukumatni obro‘sizlantirishda ayblangandan 100 yil o‘tib oqlandi

    17:00 / 01.12.2023

    “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha yana bir guvoh ayblanuvchi sifatida qamoqqa olindi. U tergov qilinayotgani uchun sud bir oy muddatga tanaffus e’lon qildi

    15:00 / 01.12.2023

    Yesa bo‘ladigan itlar uyushmasi, hordiq chiqarayotgan Isroil askarlari, ko‘cha rassomining ko‘rgazmasi — 30-noyabr suratlari

    23:00 / 30.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.