Yaponiyada kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sodir bo‘lgan suv toshqini qurbonlari soni 52 kishiga yetdi. Bu haqda NHK telekanali xabar bergan.
Qayd etilishicha, ikki kishi og‘ir ahvolda, 12 nafari bedarak yo‘qolgan. Mamlakat janubi-g‘arbidagi Kyusyu orolidagi Kumamoto prefekturasida 51 kishi, yana bir kishi shu orolda joylashgan Fukuoka prefekturasida halok bo‘lgan.
Mamlakat janubi-g‘arbidagi Fukuoka, Saga va Nagasaki prefekturalarida xavflilikning eng yuqori darajasi e’lon qilingan. Hukumat yana toshqinlar bo‘lishidan ogohlantirmoqda. 8 ta prefekturada ko‘chki xavfi e’lon qilingan.
Ayrim hudud aholisiga evakuatsiya qilish tavsiya etilgan. Sikokudagi Exime va Kyusyudagi Oitaning o‘zida 350 ming kishi evakuatsiya qilinishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, tabiiy ofat 15-iyul kuni yuz bergan. Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida bir nechta daryolar toshgan va hududni suv bosgan. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe toshqindan zarar ko‘rgan hududlarga ko‘mak berish maqsadida 10 ming nafar harbiyni hodisa joyiga safarbar etgan.