Wealth-X konsalting kompaniyasi tahlilchilari 2019-yilda boyligi bir necha milliard dollar deb baholangan, eng ko‘p odam yashagan shaharlar nomini ma’lum qildi. Milliarderlar eng yaxshi ko‘radigan shahar Nyu-York bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Nyu-Yorkda 2019-yilda 113 nafar milliarder yashagan. Milliarderlar orasida ommaboplik bo‘yicha keyingi o‘rinlardan Gonkong (96 kishi), San-Fransisko (77 kishi), Moskva (73 kishi) va London (66 kishi) joy olgan.
Shuningdek, Xitoy poytaxti Pekinda 57 nafar, Singapurda 45 nafar, Los-Anjelesda 44 nafar, Dubayda 35 nafar, Braziliyaning San-Paulu shahrida 33 nafar, Istanbul va Xanchjouda 32 nafardan va Tokioda 30 nafar milliarder yashaydi.
Avvalroq Wealth-X kompaniyasi dunyoda milliarderlar soni va ularning umumiy boyligi 2019-yilda rekord darajada oshganini ma’lum qilgandi.