O‘zbekistonda 7-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 97 kishiga ko‘payib, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 10 459 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlari
- 35 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
- 59 nafari Toshkent shahrida;
- 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.
Hozirda mamlakatda 3732 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh (0)