Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi 2020-yil 7-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning umumiy soni 517 409 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 272 586 nafari, ya’ni 52,68 foizi 2020-yilda o‘quv muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar.
Ta’lim shakli bo‘yicha hisoblaganda kunduzgi ta’lim shakliga 326 536 nafar, sirtqi ta’limga 182 591 nafar, kechki ta’limga 8 282 nafar abituriyent hujjat topshirgan.
Tillar kesimida:
- o‘zbek tili — 453 595 nafar;
- rus tili — 50 189 nafar;
- qoraqalpoq tili — 12 174 nafar;
- boshqa tillar — 1451 nafar.
- Samarqand davlat universiteti — 30 580 nafar;
- Andijon davlat universiteti — 25 895 nafar;
- Namangan davlat universiteti — 20 380 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti — 20 107 nafar;
- Qarshi davlat universiteti — 19 706 nafar.