Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida ko‘p miqdorda bo‘yoq olib ketayotgan Volvo yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 6-iyul kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga M-39 avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tuvchi qismida harakatlanib ketayotgan Volvo rusumli yuk mashinasida yong‘in yuzaga kelganligi yuzasidan xabar kelib tushgan.
Yong‘in kelib chiqishiga avtomashinaning orqa shinalari yorilib ketishi sabab bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, uning yukxonasida 21 800 kilogramm miqdorda qurilish uchun mo‘ljallangan bo‘yoq bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan viloyat FVBning yong‘in-qutqaruvchilari o‘z vaqtida yong‘inni bartaraf etgan. Mashina salonidagi haydovchining hayoti saqlab qolingan.
Izoh (0)