Daryo

O‘zbekistonda abituriyentlarning hujjat topshirish muddati va tartibi ma’lum qilindi

Abituriyentlardan hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi

1 daqiqa o‘qish193 972 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda abituriyentlardan hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”
Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
  • Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda Davlat xizmatlari markazlari orqali.
Shuningdek, barcha hududlarda:
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
  • Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali.
Abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

Avvalroq O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlangani, so‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratilgani xabar berilgan edi. Abituriyentlar uchun test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda abituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar