Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 37,83 so‘mga oshib, 12 670,05 so‘m bo‘ldi. Yevro 82,17 so‘mga ko‘tarilib, 13 560,75 so‘m bo‘ldi. Rubl 3,61 so‘mga oshib, 138 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 632,22 so‘m bo‘lgandi. Rubl va yevro kursi pastlagandi.
Izoh (0)