“Abu Saxiy” bozori ma’muriyati ishchilari va savdogarlarida koronavirus aniqlangani bois bozor profilaktika uchun yopilgani haqida xabar berilgan edi.
Lekin bozorda ishlovchi savdogarlar bu xabarlarni rad etib, bozor doimgidek rejimda ishlayotganini ta’kidlagan.
Tarmoqqa bu haqda video joylagan savdogarlardan birining aytishicha, bozorda faoliyat yuritadigan sotuvchilarning 95 foizi o‘z do‘konlarida savdo ishlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 6-iyul kuni savdo markazi ma’muriyati ishchilari va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olingan. Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangani aytilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Abu Saxiy” buyum bozori 16-iyundan boshlab ishga tushgandi. 29-iyun kuni ushbu bozor xodimida koronavirus aniqlangandi. 6-iyul kuni esa “Chorsu” buyum bozori va “Poytaxt” savdo majmuasi sotuvchisida koronavirus aniqlangan.