Rossiyalik xonanda Anita Soy koronavirusni yuqtirib oldi hamda Moskvadagi kasalxonalardan biriga joylashtirildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
49 yoshli xonanda virusni qayerda yuqtirib olganini anglay olmayapti. Uning matbuot kotibi xonanda barcha ehtiyot choralariga rioya qilganini ta’kidlagan.
Kasalxonaga joylashtirilishidan ikki kun avval Anita Soy Instagram’dagi sahifasida yangi post qoldirib, Rossiya koronavirus tufayli joriy qilingan cheklovlar bekor qilinganidan xursand bo‘lgan edi.
Xonanda modaga oid fleshmobda ishtirok etmoqchi edi.
Mavzuga doir: Koronavirus yuqtirib olgan mashhurlar (foto)
Izoh (0)