Futbol bo‘yicha Italiya chempionati 28-turining markaziy o‘yinida “Milan” 28-iyun, yakshanba kuni “Roma” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning dastlabki bo‘limida darvozalar dahlsiz qoldi. O‘yinda hisob 76-daqiqaga kelib ochildi: Ante Rebich raqib jarima maydonidagi tartibsizlikdan foydalanib, darvozani ishg‘ol qildi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Hoqon Chalxono‘g‘lu penaltini aniq amalga oshirgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:0.
Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng “Milan” ochkolarini 42 taga yetkazib oldi va yettinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Roma” (48) esa 5-pog‘onada qoldi.
A Seriya
28-tur bahsi
28-iyun, yakshanba
“Milan” — “Roma” 2:0
Gollar: 1:0 – 76 Rebich, 2:0 – 89, penalti Chalxono‘g‘lu.“Milan”: Donnarumma, Konti, Kyer, Romanyoli, Teo, Kastilyexo (Salemakers, 54), Chalxono‘g‘lu, Bennaser, Bonaventura (Lukas Paketa, 54), Kessie, Rebich (Rafael Leau, 78).
“Roma”: Mirante, Zappakosta, Manchini, Spinatssola, Smolling, Pellegrini (Diavara, 81), Mxitaryan (Perotti, 69), Kristante (Pastore, 81), Veretu, Klyuyvert (Karles Peres, 58), Jeko (Kalinich, 70).
Ogohlantirishlar: Pellegrini (22), Kastilyexo (41), Rebich (62), Veretu (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)