Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi musobaqasining chorak finalida “Chelsi” 28-iyun, yakshanba kuni “Lester” maydonida mehmon bo‘ldi.
Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yin taqdirini bitta gol hal qildi. Londonliklar yarim himoyachisi Ross Barkli 63-daqiqada “tulkilar” darvozasini ishg‘ol qildi va “Chelsi”ga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa “Manchester Yunayted” va “Arsenal” ortidan “Chelsi” ham kubok yarim finaliga yo‘l oldi. So‘nggi yo‘llanma “Nyukasl” — “Manchester Siti” uchrashuvida o‘ynaladi.
Angliya Kubogi
¼ final bahsi
28-iyun, yakshanba
“Lester” — “Chelsi” 0:1
Gol: 0:1 – 63 Barkli.“Lester”: Shmeyhel, Chiluell, Evans, So‘yunju, Jastin, Prat (Chouduri, 57), Ndidi, Barns (Grey, 76), Tilemans, Peres (Olbrayton, 57), Vardi.
“Chelsi”: Kabalyero, Jeyms (Aspilikueta, 46), Emerson, Zuma, Ryudiger, Gilmor (Kovachich, 46), Maunt (Barkli, 46), Pulishich (Loftus-Chik, 72), Kante, Villian (Pedro, 78), Abraham.
Ogohlantirish: So‘yunju (23).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)