Ispaniyaning “Selta” klubida ijara asosida harakat qilayotgan hujumchi Fyodor Smolov “Real” va “Barselona”ga qarshi o‘yinlarda gol urgan sakkizinchi rossiyalik futbolchi bo‘ldi.
Smolov La Liganing 24-turida “Real” (1:1) va 32-turida esa “Barselona”ga qarshi kechgan uchrashuvda (2:2) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Bundan oldin ushbu natijaga quyidagi rossiyalik futbolchilar erishgandi: Aleksandr Mostovoy (“Barselona”ga 5 ta gol, “Real”ga 4 ta), Dmitriy Radchenko (“Barselona” – 4, “Real” – 2), Valeriy Karpin (“Real” – 2, “Barselona” – 2), Oleg Salenko (“Real” – 2, “Barselona” – 1), Dmitriy Popov (“Real” – 2, “Barselona” – 1), Dmitriy Cherishev (“Real” – 1, “Barselona” – 1) va Igor Korneyev (“Real” – 1, “Barselona” – 1).
Ma’lumot uchun, Fyodor Smolov 2020-yilning yanvar oyida Moskvaning “Lokomotiv” klubidan “Selta”ga o‘tgandi. Futbolchi mavsum oxiriga qadar Vigo klubi safida ijara asosida to‘p tepishi belgilangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)