Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 31-turida “Manchester Siti” 25-iyun, payshanba kuni “Chelsi” maydoniga safar qildi.

Foto: “Chelsi” FK

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi va londonliklar raqibdan biroz faolroq o‘yin namoyish qildi. 36-daqiqada mehmonlar himoyasidagi xatodan so‘ng darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgan Kristian Pulishich hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Kevin de Bryuyne jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda, muvozanatni tikladi. Goldan so‘ng “shaharliklar” faollikni oshirdi, biroq “ko‘klar” ikkinchi golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Fernandinyo darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qo‘li bilan to‘xtatib qoldi. Natijada hakam futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi va penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Villian golga aylantirdi.

Shu tariqa “Manchester Siti” ushbu mag‘lubiyatdan keyin chempionlik kurashidan chiqdi va “Liverpul” muddatidan avval chempionga aylandi. Mavsum tugashiga yetti tur qolganida “Liverpul” (86 ochko) “Manchester Siti”ni 23 ochkoga ortda qoldirib ketdi. “Chelsi” esa ochkolarini 54 taga yetkazib oldi va 3-o‘rindagi “Lester” bilan o‘rtadagi farqni bir ochkogacha qisqartirdi.

“Arsenal” Edvard Nketia va Jo Uillokning gollari evaziga “Sauthempton”ni mag‘lub etdi. Bu g‘alaba Mikel Arteta shorirglarini 9-o‘ringa olib chiqdi.

APL

31-tur bahslari

25-iyun, payshanba

“Chelsi” — “Manchester Siti” 2:1

Gollar: 1:0 – 36 Pulishich, 1:1 – 55 de Bryuyne, 2:1 – 78, penalti Villian.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Alonso, Ryudiger, Kristensen, Kante, Barkli (Kovachich, 73), Pulishich (Gilmor, 90+2), Maunt (Pedro, 90+2), Villian, Jiru (Abraham, 62).

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Lyaport (Otamendi, 74), Mendi (Zinchenko, 59), Bernardu Silva (Gabriel Jezus, 55), Gundo‘g‘an, Sterling, Rodri Ernandes (Silva, 55), Mahrez, de Bryuyne, Fernandinyo.

Ogohlantirishlar: Alonso (38), de Bryuyne (76).

Chetlatish: Fernandinyo (77).

“Sauthempton” — “Arsenal” 0:2

Gollar: 0:1 – 20 Nketia, 0:2 – 86 Uillok.

“Sauthempton”: Makkarti, Bednarek, Stivens, Valeri (Uoker-Piters, 46), Bertran, Heyberg (Vestergor, 90), Armstrong, Redmond, Uord-Prouz, Ingz (Romeu, 90), Obafemi (Long, 46).

“Arsenal”: Martines, Mustafi, Tirni (Kolashinats, 70), Holding, Belyerin, Jaka, Sebalyos (Meytlend-Naylz, 80), Pepe (Uillok, 64), Nketia (Lyakazett, 79), Obameyang, Saka.

Ogohlantirishlar: Mustafi (11), Saka (47).

Chetlatish: Stivens (85).

“Byornli” — “Uotford” 1:0

Gol: 1:0 – 73 Rodriges.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!