Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi yerosti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati (avariya) aniqlanganligi sababli 25-iyun kuni 11:00 dan 17:00 gacha ushbu hududda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda “Hududgaz Toshkent shahar” MChJga tayanib, Toshkent shahar hokimligi xabar qilgan.
Xabarga ko‘ra Chilonzor tumani 10, 16, va 17-mavzelari, S mavzesi, shuningdek, “Naqqoshlik”, “Do‘mbirobod”, “Katta Do‘mbirobod”, “Gavhar”, “Tirsakobod” va “Katta Qozirobod” mahallalaridagi xonadonlar gaz ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Avval 18-iyun kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani tufayli mazkur hududlarning ayrimlarida gaz ta’minotining vaqtincha o‘chirilgani xabar qilingandi.
Izoh (0)