Oila a’zolaringizni bunday mazali quymoq bilan xursand qiling.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Piyoz — 1 dona
- Tuxum — 1 dona
- Qo‘ziqorin (shampinyon) — 300 gr
- O‘simlik yog‘i — 4 osh qoshiq
- Tayyor quymoq xamirlari — 5 dona (tayyori bo‘lmasa, odatiy retsept bo‘yicha pishirib olishingiz mumkin)
- Non tolqoni
- Smetana
- Shivit
- Sarimsoq piyoz
- Tuz, murch
- Tovaga o‘simlik yog‘i solib, mayda to‘g‘ralgan piyoz hamda qo‘ziqorinni qovuring.
- 5 daqiqadan keyin shivit, maydalangan sarimsoq, tuz va murch qo‘shing.
- Quymoqning o‘rtasiga “nachinka” solib, ochilib qolmasligiga e’tibor bering va rulet qilib o‘rang.
- Quymoqni tuxumga, keyin esa non tolqoniga botiring.
- Quymoqlarni tillarang tusga kirgunicha qovurib oling.
- Tayyor quymoqlarni ustiga smetana va ko‘kat sepib dasturxonga torting.
Mavzuga doir:
- Jaziramada kechki ovqat uchun “okroshka” tayyorlang
- Nonushtaga shokoladli sirnik tayyorlang
- Tez tayyor bo‘ladigan pitssa pishiramiz
- Foydali va mazali grekcha salat tayyorlaymiz
- Uy sharoitida moxito ichimligini tayyorlaymiz
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
- Ko‘p mahsulot ketmaydigan mazali “Smak” salatini uyda tayyorlash uchun retsept
Izoh (0)