• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nurafshon shahri hokimi tug‘ilgan kunida unga bag‘ishlab kuylangan qo‘shiqqa izoh berdi (video)

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati markazi bo‘lgan Nurafshon shahri hokimi Qahramon Hakimovning tug‘ilgan kuniga atab tayyorlangani aytilgan, bir guruh yigitlar tomonidan kuylangan qo‘shiq tarqalgani haqida xabar berilgandi. Bu qo‘shiq ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati va Nurafshon shahri hokimining o‘zi mazkur holatga izoh berdi.

    Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, qo‘shiq shahar hokimligi axborot xizmati va madaniyat bo‘limi hamkorligida hududda amalga oshirilayotgan ishlarga oid videolavhalarni qo‘shib tayyorlangan. Rolik shaklidagi qo‘shiq klipi Nurafshon shahri hokimligining Telegram’dagi rasmiy kanalida e’lon qilingan.

    Ta’kidlanishicha, hech kim bilan maslahatlashmay, rahbarga xush yoqish istagida tayyorlangan, shaxsga sig‘inish alomatlari yaqqol sezilib turgan bunday qo‘shiqni ijro etgan, rolik tayyorlagan va e’lon qilgan “ijodiy jamoa” tegishli tartibda ogohlantirildi. “Vaziyat keng miqyosda muhokama qilina boshlagach, davlat xizmatchisi sha’niga, nufuziga to‘g‘ri kelmaydigan ish qilganini anglagan shahar madaniyat bo‘limi, axborot xizmati rahbari ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi”, — deyiladi viloyat hokimligining bayonotida.

    Ma’lum qilinishicha, ayni paytda mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda, karantin davri uchun Respublika komissiyasi e’lon qilgan me’yorlardan kelib chiqib, bu xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa intizomiy jazo belgilash bo‘yicha yakuniy qarorga kelinmoqda.

    Viloyat hokimligi tomonidan ta’kidlanishicha, Nurafshon shahri hokimi Qahramon Hakimovning bunday ijodkorona “tuhfa” tayyorlanayotganidan xabari bo‘lmagan. Rolikni tayyorlagan jamoa uni hokimga uning tug‘ilgan kunida ko‘rsatgan. “Qahramon Hakimov ularga e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, bunday ishlar bilan shug‘ullanmaslikni, materialni biron joyda e’lon qilmaslikni so‘ragan”, — deyiladi bayonotda.

    Hokimlikning qayd etishicha, shahar hokimini qo‘shiq va klip bilan tabriklash fikri dastlab shahar madaniyat bo‘limi rahbari Bobur Abduqodirov tomonidan bildirilgan, shoir Ma’murjon Bozoraliyev so‘z yozib bergan, axborot xizmati rahbari Ravshan Mirzaqulov turli davrlarda olingan arxiv kadrlarni qo‘shib klip tayyorlagan. “Bir guruh faollar yaxshi niyatda, bajarayotgan ishlari san’at nuqtayi nazaridan, shuningdek, axborot siyosati, etikaga ko‘ra, mutlaqo noto‘g‘ri ekanini chuqur anglamasdan shu ishga qo‘l urgan”, — deyiladi hokimlik izohida.

    Shuningdek, Nurafshon shahri hokimi Qahramon Hakimov ham mazkur vaziyatga izoh bergan.

    Kecha va bugun internetda bunday qo‘shtirnoq ichidagi “qahramon”ga aylanib qolganimdan xalqimiz, jurnalistlarimiz va rahbariyat oldida nihoyatda xijolatdaman. Shunday lavha tayyorlab, menga ko‘rsatishganda, e’tibor uchun ularga minnatdorlik bildirib, lavhani tarqatmaslikni, boshqa bunaqa ishlar bilan shug‘ullanmaslikni qat’iy tayinlagan edim. Afsuski, lavha tarqalib ketibdi.

    Dangalini aytganda, menga shu kerak edimi? Mutlaqo yo‘q. Men bir ijrochiman, xolos. To‘g‘ri, Nurafshonda katta ishlar bo‘layotgani rost. Lekin, ularni mening nomim bilan bog‘lashlariga mutlaqo qarshiman. Men bu lavozimda amaldagi qonunlarimiz, davlat rahbari bergan topshiriq va vazifalar ijrosi bilan shug‘ullanaman. Afsuski, kimlardir mening tug‘ilgan kunimga sovg‘a tayyorlayman deb, o‘zini ham, meni ham jamoatchilik oldida noqulay ahvolga solib qo‘ydi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlarni o‘qish nihoyatda yoqimsiz bo‘lyapti. Zarracha shu ishga aloqam bo‘lganda ham bunchalik kuyinmas edim. Meni eng hayron qoldirayotgani — tanimagan, umrida bir marta ham ko‘rmagan odamlar tomonidan bildirilayotgan fikrlar. Shunday odamlarga aytamanki, o‘zingiz istagan paytda Nurafshonga keling, hamisha siz bilan suhbatlashishga tayyorman. Bu lavha orqali mening shaxsiyatim, ish uslubim haqida xulosa qilmang, iltimos.

    Qahramon Hakimov, Nurafshon shahri hokimi

    Mavzuga doir: San Jay rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga atab qo‘shiq kuyladi (video)

    16.06.2020, 18:08   Izoh (0)   34133
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 21-iyun kuni Quyoshning qisman tutilishi kuzatiladi

    16.06.2020, 17:45

    Toshkent va Samarqandda aholi orasida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlar soni 5328 nafarga yetdi

    16.06.2020, 17:06

    “Abu Saxiy” ochilishi arafasida bozordagi do‘kondan salkam 30 mln so‘mlik telefonlar o‘g‘irlab ketildi

    16.06.2020, 16:08

    “Bizni boshlab zafarga, elni boshlab hasharga”. Nurafshon shahri hokimiga atab qo‘shiq kuylandi (video)

    16.06.2020, 15:55

    “Chorsu” buyum bozori va “Poytaxt” savdo majmuasi sotuvchisida koronavirus aniqlandi

    16.06.2020, 15:43

    O‘zbekistonda bir kunda ikkinchi bor zilzila kuzatildi

    16.06.2020, 15:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.