Samarqand viloyatida 15-iyun kuni koronavirusga chalingan 11 nafar bemor sog‘aydi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Tuzalganlarning 5 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 67 yoshda, eng kichigi 2018-yilda tug‘ilgan.
Endilikda viloyatda sog‘ayganlar 362 nafarga yetib, davolanayotganlar 23 nafarni tashkil etmoqda.
Bundan avval Toshkent va Andijonda jami 42 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda jami tuzalganlar soni 3985 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endilikda ular soni 3996 nafarni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, 15-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 5154 nafarga yetdi, bemorlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)