O‘zbekistonda 2020-yil 15-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 51 nafarga ko‘payib, 5154 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 6 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, 28 tasi Toshkent shahrida aniqlangan, shundan 12 tasi aholi orasida qayd etilgan. 16 tasi esa kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlarda aniqlangan.
Buxoro viloyatida kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan 7 kishida kasallik aniqlangan.
Xorazm viloyatida 10 kishida kasallik aniqlangan. Ulardan 1 nafari aholi orasida, qolgan 9 nafari esa infeksiyaga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etilgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 3996 nafar bemor sog‘aygan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil qilmoqda. 15-iyun kuni soat 17:00 ga qadar 53 nafar bemor ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Hozirda mamlakatda 1139 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)