Italiya Kubogi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan “Napoli” — “Inter” uchrashuvi 13-iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq milanliklar oldinga o‘tib oldi. Kristian Eriksenning burchakdan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘ridan o‘rin oldi.
Bunga neapolliklar 41-daqiqadagi gol bilan javob berdi. Darvozabon boshlab bergan tezkor qarshi hujumni Lorenso Insinye davom ettirdi va to‘pni qulay vaziyatda turgan Dris Mertensga uzatdi. O‘z o‘rnida belgiyalik futbolchi vaziyatni ko‘kka sovurmadi.
Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va “Napoli” ilk o‘yindagi g‘alaba (1:0) evaziga finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda Jennaro Gattuzo shogirdlari “Yuventus” bilan bahs yuritadi. Final 17-iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Italiya Kubogi
Yarim final, javob bahsi
13-iyun, shanba
“Napoli” — “Inter” 1:1
Gollar: 0:1 – 2 Eriksen, 1:1 – 41 Mertens.“Napoli”: Ospina, Maksimovich, Kulibali, Di Lorenso, Hyusay, Elmaz (Fabian Ruis, 65), Zelinski (Allan, 85), Insine (Yunes, 85), Demme, Politano (Kalexon, 65), Mertens (Milik, 75).
“Inter”: Handanovich, Shkrinyar, de Vrey (Ranokkiya, 88), Bastoni, Yang (Biragi, 72), Barella, Brozovich, Kandreva (Mozes, 72), Eriksen (Sensi, 88), Martines (Sanches, 72), Lukaku.
Ogohlantirshlar: Yang (12), de Vrey (38), Ospina (79).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)