Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 31-turida “Bavariya” 13-iyun, shanba kuni “Borussiya M”ni qabul qildi.
“Alyans-Arena”da kechgan bahsda myunxenliklar qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Joshua Zirkzee mehmonlar darvozabonining xatosidan keyin hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay “Bavariya” himoyachisi Benjamen Pavar o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Leon Goretska hal qiluvchi golni urgan holda maydon egalariga uch ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa Myunxen klubi ochkolarini 73 taga yetkazib olgan holda yakka peshqadamlikda davom etmoqda. Myunxengladbaxliklar esa (56) 4-pog‘onada qoldi.
Bundesliga
31-tur bahsi
13-iyun, shanba
“Bavariya” — “Borussiya M” 2:1
Gollar: 1:0 – 26 Zirkzee, 1:1 – 37, avtogol Pavar, 2:1 – 86 Goretska.“Bavariya”: Noyer, Alaba, Pavar, Boateng, Kimmix, Perishich (Martines, 88), Gnabri, Kyuizans (Koman, 62), Goretska, Lyuka Ernandes (Devis, 62), Zirkzee (Vridt, 77).
“Borussiya M”: Zommer, Elvedi (Yanchke, 46), Bensebayni, Layner, Ginter, Noyhaus, Hofmann, Kramer, Herrmann (Vendt, 70), Tyuram (Embolo, 10; Benesh, 83), Shtindl.
Ogohlantirishlar: Bensebayni (45), Layner (69).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)