YouTube’dagi “Garaj 54” kanali mualliflari oddiy bayan va boshqa vositalar yordamida avtomobil g‘ildiragiga dam solishga urinib ko‘rdi.
Tajriba ishtirokchilari katta garmonda bir necha teshik ochib, unga rezina shlang ulagan va shu orqali garmonni chalganda hosil bo‘ladigan havo g‘ildirakka yuborilgan. Dastlab garmonni bir kishi, keyin esa ikki kishi chala boshlagan.
Birgalikda harakat qilinganida qaramay, blogerlar g‘ildirakni yetarli dajaradagi havo bilan to‘ldira olmagan, chunki garmonni chalish vaqtida qarshilik kuchi hatto ikki erkakka ham qiyinchilik tug‘dirgan.
Bayan bilan omadsiz yakunlangan urinishdan so‘ng rolik mualliflari o‘z niyatlarini oddiy plastik idish yordamida amalga oshirishga harkat qilib ko‘rgan. Qopqog‘i teshilgan “baklajka” shlang orqali g‘ildirakka ulangan. Plastik egilganida uning ichidagi havo shlang orqali g‘ildirak ichiga kirgan va shu orqali 0,8 bar havo haydashga muvaffaq bo‘lingan.
Avvalroq “Garaj 54” kanalining noodatiy avtomobillar yaratish bilan shug‘ullanuvchi novosibrsklik muhandislari “VAZ-2107”ni qadam tashlab yuradigan mashinaga aylantirgandi.
Izoh (0)