• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tojidan ayrilishni istamayotgan virus. Butun dunyoga yoyilayotgan politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar. Jahon hafta ichida

    Iyun oyining ilk haftasi ham o‘z nihoyasiga yetdi. Xo‘sh, bu hafta jahon hamjamiyati uchun qanday yakunlandi? “Daryo” dunyoda yuz bergan muhim voqealar tahlilini diqqatingizga havola etadi.

    Black Lives Matter

    Aprel oyining so‘nggi kunlarida AQShning Minnesota shtati Minneapolis shahrida politsiya xodimi afroamerikalik qora tanli fuqaro Jorj Floydni tizzalari bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi. Jarayon videotasvirlarga tushib qoladi va tez fursatda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladi.  Buning oqibatida mamlakatda minglab odamlar politsiya zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishlariga chiqdi. Voqea sabab mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. 30-mayga kelib norozilik namoyishlari 10 ta shaharda avj olib ketdi.

    Foto: Deutsche Welle

    Foto: Deutsche Welle

    Norozilik namoyishlari sababli mamlakatda komendantlik soati joriy etildi. Mamlakatda 25 shaharda, jumladan, poytaxt Vashingtonda ham komendantlik soati joriy etilgan. Norozilik namoyishlari hatto prezident qarorgohi Oq uy qarshisida ham bo‘lib o‘tgan. Namoyish vaqtida prezident Tramp yerosti bunkeriga yashiringani xabar qilingan. Prezident Tramp mamlakatda yuz bergan ushbu harakatlarni terrorizmga qiyoslagan.

    Dastlab, Floydning o‘limi kasallik sababidan yuz bergani aytilgan edi. Ammo uning oilasi qayta tekshiruv uchun mustaqil ekspertlarga murojaat qilgan. “Mexanik asfiksiya o‘lim sababi hisoblanadi, qotillik esa o‘lim usuli”, — deydi Michigan universiteti doktori Allesiya Uilson. Floydning oilasining iltimosiga ko‘ra, uning jasadini yorib ko‘rishda ishtirok etgan shifokorlardan biri Maykl Baden marhum o‘limga olib keladigan hech qanday kasallik bilan og‘rimaganini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘lim bo‘yin va yelkani qattiq bosish oqibatida yuzaga kelgan.

    Mamlakatda yuz bergan mazkur namoyishlar chog‘ida 11 kishi vafot etgani xabar qilindi. Jorj Floyd o‘limida gumonlangan barcha politsiyachilarga nisbatan ayblov e’lon qilindi. 37 yoshli Tomas Leyn, 26 yoshli Aleksander Kueng va 34 yoshli Tu Tao qasddan sodir etilmagan qotillikka undash va unga sheriklikda ayblanmoqda.

    Jorj Floydning bo‘ynini tizzasi bilan salkam 9 daqiqa bosib turgan sobiq politsiyachi Derek Shovinga nisbatan e’lon qilingan ayblovlar qattiqlashtirildi. Dastlab, u ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan qotillikda ayblaganga bo‘lsa (25 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi), hozir esa qasddan qotillik sodir etishda ayblanmoqda. Ushbu modda bilan ayblanganlar 40 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shovin 29-maydan buyon hibsda saqlanmoqda. 5-iyun kuni Jorj Floyd bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi va u so‘nggi manzilga kuzatib qo‘yildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mavzuga doir:

    • “Tom amakining kulbasi”dagi quldorlik tarixi. 13-tuzatish va afro-amerikaliklarning ozodligi haqida
    • Qora tanli bo‘lishni jinoyat hisoblagan siyosat. Janubiy Afrikada aparteid tizimi qanday shakllangan?
    AQShdagiga o‘xshash holat bundan to‘rt yil muqaddam Fransiyada ham sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Adama Traore ismli 24 yoshli qora tanli kishi politsiya tomonidan o‘ldirilgan edi. Ammo hamon uning vafoti sababidan adolatli qaror chiqarilmagan. AQShdagi voqealar Fransiyada mazkur jarayonning qayta jonlanishiga turtki berdi. 2-iyun kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida 20 mingga yaqin kishi norozilik namoyishlariga chiqdi.

    Shuningdek, 6-iyun shanba kuni butun dunyo bo‘ylab politsiya zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yevropaning ko‘plab shaharlarida minglab odamlar norozilik namoyishlariga chiqqan. Namoyishchilar qo‘llariga qora tanlilarga hurmat belgisi sifatida Black lives matter, ya’ni “Qora tanlilar ham yashashga haqli” yozuvli plakatlarni ko‘tarib chiqqan. Shu dam olish kunlari esa Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Belgiya va Vengriya kabi davlatlarda namoyishlar bo‘lishi rejalashtirilgan.

    Tojidan ayrilishni istamayotgan tojli virus

    2019-yilning dekabr oyidan buyon davom etayotgan SARS-CoV-2 koronavirusi keltirib chiqargan COVID-19 pandemiyasi bu hafta ham biz bilan xayrlashishni istamayapti. Bugungacha dunyoda ushbu kasallikdan 6-iyun ma’lumotlariga ko‘ra, 395 977 kishi vafot etgan. Bu borada AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda 110 mingga yaqin kishi vafot etgan. Undan keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya (40 mingdan ortiq), Braziliya (35 mingdan ortiq),  Italiya (33 mingdan ortiq) va Fransiya (29 mingdan ortiq) bormoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Braziliya bugungi kunda kasallik eng tez rivojlanayotgan mintaqa bo‘lib turibdi. Mamlakat payshanba kuni vafot etganlar soni bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Kasallik qayd etilgan davlatlar orasida esa u AQShdan keyin ikkinchi bo‘lib turibdi. Inqiroz boshidan buyon kasallik xavfini pasaytirib ko‘rsatishga urinayotgan mamlakat prezidenti Jair Bolsanaru AQSh prezidenti Tramp ortidan JSST tashkilotidan chiqish bilan tahdid qildi. Ayni paytda mamlakatda 645 mingdan ortiq kishida kasallik aniqlangan.

    Kasallik Lotin Amerikasining qolgan mamlakatlarida ham avj olib bormoqda. Meksika, Nikaragua, Chili kabi davlatlar kasallik eng ko‘p tarqalgan hududlar bo‘lib turibdi. Okean ortida vaziyat xavfli qolayotgan bir paytda, ko‘hna qit’ada hayot asta-sekinlik bilan o‘z iziga qaytmoqda. Yevropa mamlakatlari mavjud karantin talablarini bosqichma-bosqich bekor qilmoqda. Jumladan, Irlandiya savdo markazlaridan tashqari barcha savdo hududlarini ochishga ruxsat berdi.

    Shveysariya esa o‘z chegaralarini 5-iyundan boshlab yevropaliklar uchun ochiq deb e’lon qildi. Shuningdek, Chexiya Respublikasi ham Germaniya va Avstriya bilan chegaralarini muddatidan oldin ochishga qaror qilgan. Kipr esa chorshanba kunidan boshlab sayyohlarni qabul qila boshlashini ma’lum qildi. Mamlakatlar ichki ishlar vazirlari 5-iyun kuni ichki va tashqi chegaralarni ochish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

    Turkiya esa 10-iyundan boshlab 40 ta mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston bilan havo qatnovlarini tiklashini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir:

    • COVID-19 muammosi hal qilinganidan keyin qaysi sohalar va texnologiyalar shiddat bilan rivojlana boshlaydi?
    Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 6-iyun kuni mamlakatda kasallik bilan kurash hali nihoyasiga yetmaganini, g‘alabaga hali ancha uzoq ekanini ta’kidladi. Kurash yaqin bir oy ichida natija berishi mumkinligi haqidagi gaplari davlat televideniyesidagi chiqishida yangragan. Eron Yaqin Sharqdagi kasallik eng ko‘p ta’sir qilgan davlat bo‘lib turibdi. Mamlakatda kasallikdan rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra 8 200 kishi vafot etgan.

    Samoni zabt etib

    Bortida ikki astronavt — Duglas Xyorli va Robert Benken bo‘lgan Crew Dragon kemasi 30-may kuni (Toshkent vaqti bilan 31-mayga o‘tar kechasi) Floridadagi Kennedi kosmik markazidagi maydonchadan muvaffaqiyatli start oldi. Parvoz ikkinchi urinishda amalga oshirildi — 27-may kuni startga 16 daqiqa qolganida parvoz noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirilgan edi. Startdan 12 daqiqa o‘tib Crew Dragon past orbitaga chiqdi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan kemani Falcon 9 eltuvchi raketasi fazoga olib chiqdi. Uning birinchi bosqichi Atlantika okeanidagi platformaga qo‘ndirildi. Crew Dragon kemasi Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga avtomatik ravishda muvaffaqiyatli tutashdi. Jarayon SpaceX kompaniyasining YouTube’dagi kanalida jonli efirda namoyish etildi.

    Mavzuga doir:

    • Kosmik poygada g‘olib chiqayotgan Ilon Mask. U buni qanday uddalaydi?
    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    07.06.2020, 21:08   Izoh (0)   64558
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    COVID-19’dan vafot etganlar soni dunyo miqyosida 400 ming nafardan oshib ketdi

    07.06.2020, 18:47

    Rossiyada bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 8984 ta yangi holat qayd etilib, kasallanganlar soni 460 ming nafardan oshdi

    07.06.2020, 17:24

    Armanistonda koronavirus bilan bog‘liq og‘ir vaziyat yuzaga keldi

    07.06.2020, 14:14

    Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni 100 ming kishiga yaqinlashib qoldi

    07.06.2020, 13:53

    Pompeo Gonkongdagi vaziyat sabab Xitoyni natsist Germaniyasiga qiyosladi

    07.06.2020, 13:34

    Braziliya mamlakatdagi koronavirusga oid muhim statistikani e’lon qilishni to‘xtatdi

    07.06.2020, 13:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.